SURUNKALI PROSTATITNI DAVOLASHDA INQILOB

 Prostatit kasalligi uzoq vaqtlardan buyon ma’lum va har qanday yoshdagi erkaklar orasida keng tarqalgan bo’lsa-da, uni davolash qiyin bo’lishi mumkin.O’tkir prostatitni davolashda odatda hech qanday qiyinchiliklar tug’ilmaydi, biroq surunkali prostatitni har doim ham tuzatishning imkoni bo’lmaydi. Olimlarning prostata bezining surunkali yallig’lanishini qanday davolash kerakligi haqida ko’plab nuqtai nazarlari mavjud.Biroq, quyidagi paragraflarda mutaxassislar o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud emas:Davolash samaradorligi bevosita o’z vaqtida boshlanishiga bog’liq;Davolash alohida bemorning barcha o’ziga xos sog’liq holatlarini inobatga olgan holda kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak. 

 


 SURUNKALI PROSTATITNI DAVOLASHDA INQILOB

Patologiyaning rivojlanishga olib kelgan sababni aniqlash juda muhimdir;Hech qanday yagona dori-darmon va davolash usullari yo’q. Birinchi bemorga yordam bergan narsa ikkinchisiga zarar yetkazishi mumkin;Mustaqil ravishda tashxis qo’yish va davolanish qat’iyan taqiqlanadi. O’tkir bakterial prostatitni davolash O’tkir bakterial prostatitni davolash to’g’ridan-to’g’ri kasallikning alomatlari qay darajada yaqqol ekanligiga bog’liq. Ba’zida bemorning ahvoli juda og’ir bo’ladi, bu ko’pincha tananing intoksikatsiyasi tufayli yuz beradi. Kasallik tez rivojlanadi, tana harorati keskin ko’tarilib ketadi, varaja qilish kuzatiladi, kichik tos sohasida, oraliqda, dumg’azada og’riq paydo bo’ladi. Ko’ngil aynishi va qayt qilish qo’shilishi, qovuqni bo’shatish jarayonida sanchish, achish his qilish mumkin. Bu holat o’zining asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Kasallikka bakterial infektsiya, prostata bezining abstsessi rivojlanishi, septitsemiya va septikopiyemiya qo’shilishi mumkin. Ko’pincha asoratlar mavjud bo’lgan surunkali kasalliklar fonida, masalan, qandli diabetning mavjudligida paydo bo’ladi. Agar kasallik o’tkir kechayotgan bo’lsa, erkak albatta shifoxonaga, urologik profil bo’limiga yotqizilishi kerak. Agar bunday imkoniyat bo’lmasa, bemor umumiy jarrohlik bo’limiga yuboriladi. O’tkir prostatit bilan kasallangan bemorlarni davolash bo’yicha umumiy strategiya mavjud: Yotoq tartibiga amal qilish;Antibakterial preparatlarning buyurilishi;Prostata bezining massajini taqiqlash. Bu taqiq sepsis rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog’liq;Qon mikrotsirkulyatsiyasini normallashtirishga, uning suyuqligi va yopishqoqligini oshirishga qaratilgan preparatlarning buyurilishi. Buning uchun Detraleks, Pentoksifillin, Kavinton, Trental singari intravenoz preparatlar qo’llaniladi. Bu dorilarning ta’siri tufayli yallig’langan bezdan limfa va qonning qayta oqishi yaxshilanishi, toksik alomatlarni kamaytirish va va organizmdan parchalanish mahsulotlarini yuvib chiqarishga erishish mumkin.Og’zaki NYQP qabul qilish: Ketoprofen, Indometatsin, Ibuprofen, Piroksikam. Ular og’riqni kamaytirish uchun buyuriladi.Boshqa analgetiklar buyurilishi ham mumkin, masalan, Nimesil, Nayz, Tempalgin, Ketanov. Og’riqni kamaytirishdan tashqari, bu preparatlar ma’lum darajada yallig’lanishni bartaraf etadi. Urologlar va androloglar o’zlarining amaliyotlarida og’riq qoldiruvchi ta’sirni ta’minlash, yallig’lanishni kamaytirish uchun ichak shamchalaridan keng foydalanadilar. Ularning tarkibi tabletka shaklidagi preparatlar bilan bir xil, lekin mahalliy qo’llanilgani uchun ta’siri kuchayadi. Prostatitda propolisli shamchalardan ham foydalanish mumkin.Agar bemor organizmni kuchli intoksikatsiyadan aziyat chekayotgan bo’lsa, reologik eritmalar kiritilishi ko’rsatma beriladi, masalan Gemodez yoki Nekompensan, shuningdek dezintoksikatsion vosita va elektroliktlar ham, ular orasoda Disol, Trisol, Latkosol ertimalari, Ringer eritmasi, glyukoza bilan xlorid kaliy eritmalari mavjud. Jarrohlik aralashuvi siydik pufagini mustaqil bo’shatish imkoni bo’lmagan yoki prostata bezining abstsessi paydo bo’lgan hollarda o’tkaziladi. Bakterial prostatitni davolash uchun antibiotiklardan foydalanish majburiydir. Agar kasallik o’tkir boshlansa, intoksikatsiya alomatlari kuzatilsa, unda antibakterial preparatlar iloji boricha tezroq berilishi kerak, bakterial flora tahlili natijalarini kutish noto’g’ri va xavflidir. Dori moddalari ftorxinolonlar guruhidan tanlanadi. Bular Levofloksatsin, Ofloksatsin, Siprofloksatsin (Siproks, Siprobel) bo’lishi mumkin. Bunday dorilarni tanlash sababi shuki, ftorxinolonlar prostatit kasalligiga sababchi bo’ladigan eng tez-tez qayd qilinadigan bakteriyalar — gram-manfiy patogen flora va enterokokklarga qarshi faol ta’sirga ega. Bundan tashqari, ftorxinolonlar gram-musbat va anaerob bakteriyalar, shuningdek notipik infektsion agentlar, masalan xlamidiyalarga nobud qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Bakteriyalar oqsil almashinuvining metabolik jarayonlariga kirib, antibiotik ularning yadrosini barbod qiladi va natijada mikroorganizmlar o’ladi. Shunga qaramay, bir qator olimlar ftorxinolonlarni tahlil natijalari olingunga qadar tayinlashga qarshi chiqishadi. Ular bakterial prostatit Kox tayoqchalari sabab rivojlangan bo’lsa, bu ularning chidamliroq bo’lishi, mutatsiyalari va yangi, ko’proq patogen floraning shakllanishiga olib kelishi va undan qutulish juda qiyinligiga ishora qilishadi. Shuning uchun organzimda sil kasalligi bakteriyasi mavjud emasligiga ishonch hosil qilish juda muhimdir. Ftorxinolonlar Kox tayoqchasiga qarshi kurashda yordam beradi, lekin faqat boshqa silga qarshi preparatlar bilan kompleks davolash tayinlangan bo’lsa. Sil kasalligining barcha shakllarini davolash sxemasiga ftorxinolonlarni kiritish JSST tomonidan tavsiya etiladi. Shuningdek bu preparatlar prostatitni davloashda ham juda samaralidir, chunku ular prostata bezi va urug’ pufakchalariga tez kirish va u yerda yuqori kontsentratsiyalarda saqlanish qobiliyatiga ega. Yana davolash samarasini oshiradigan omil — prostata bezi yallig’langan holatda yuqori o’tkazuvchan bo’lib qoladi. Kasallikning klinik tasviriga qarab, ftorxinolonlar vena ichiga va mushak orasiga kiritilishi mumkin. Jigar va buyraklar faoliyati buzilishlari bo’lsa, nojo’ya ta’sir qilish xavfi 3-17% ni tashkil qiladi. Biroq, ko’pincha bemorlar ovqat hazm qilish buzilishlaridan shikoyat qilishadi, shuningdek, markaziy asab tizimining muayyan buzilishlarini boshdan kechirishadi. Qonda glyukoza darajasining pasayishi, fotosensibilizatsiyaning rivojlanishi (terining ultrabinafsha nurlariga yuqori sezuvchanligi), yurak ritmining buzilishi — bu ko’p uchramaydigan oqibatlari bo’lib, ftorxinolonlar buyurilganda 1% dan kam hollarda kuzatiladi. Laboratoriya tahlillari natijalari olingach, agar yallig’lanish qo’zg’atuvchisi ftorxinolonlarga sezgir bo’lmasa, terapevtik sxemani qayta ko’rib chiqish mumkin. Shuningdek dorilar qabul qilinishidan 24-48 soat o’tgach bemorning ahvoli yaxshilanmasa yoki bemor uni ko’tara olmasa, boshqasiga almashtirish ko’rsatilishi mumkin. Bu holda tanlanadigan dorilar makrolidlar (Azitromisin, Sumamed) Trimetoprim, Doksisiklin, sefalosporin guruhi antibiotiklari (Sefepim, Sefotaksim, Kefzol, Sefazolin, Sefpirome) bo’ladi. Agar davolash boshlangandan 14 kun o’tgach, sog’ayish sodir bo’lmasa, davolanish rejimi yana qayta ko’rib chiqilishi kerak. Yetakchi urologlarda davolash muddati haqida umumiy nuqtai nazari mavjud. Ular davolash 14-30 kundan kam davom eta olmaydi, deb ta’kidlaydilar. Antibakterial preparatlar qabul qilish tugallanganidan so’ng, majburiy tarzda prostatani chuqurlashtirilgan UT tekshiruvi va prostata bezi sekretining bakterial ekish o’tkazilishi kerak. Agar aniqlangan mikroflorani qabul qilinayotgan dori vositasi yordamida nazorat qilish mumkin bo’lsa va bemor o’zini yaxshi his etsa, davolanish yana 14-30 kunga uzaytiriladi. Natijada antibiotiklarni qabul qilishning umumiy davomiyligi bir oydan ikki oygacha bo’ladi. Yallig’lanish to’liq bartaraf etilmasa, terapevtik taktikani o’zgartirish tavsiya etiladi. Kasallik o’ta og’ir kechayotgan bemorlar kasalxonaning intensiv terapiya bo’limiga yotqiziladi.

Комментарии

Популярные сообщения